Muloqot davomida fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa muammolar yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.
Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarni hal etishning aniq yechimlari muhokama qilindi. Tegishli tashkilotlar vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Fuqarolar murojaatlarining natijadorligi va belgilangan vazifalarning bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.