35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik – deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat faol nuroniylar bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
янв.21
Deputatlar “Surxon suv ombori” hududidagi ekoturizm loyihasini o‘rgandilar
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati — doimiy e’tiborda
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Farmon ijrosi — joylardagi amaliy ishlar misolida o‘rganildi
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
#deputat nazorati

#ta'lim_nazorati
#kuzqish

DEPUTAT NAZORATI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLIGI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan oʻz saylov okruglari hududida joylashgan ta’lim muassasalarining 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda umumiy sanitar-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan izchil nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Keng koʻlamli oʻrganishlar doirasida shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat bosh mutaxassisi va mahalla raisi tomonidan To'y-tepa MFY mahallasi hududida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Isitish tizimining shayligi va bino issiqlik saqlash imkoniyatlari;
🧹 Obodonlashtirish va tozalik: Muassasa binosining tashqi koʻrinishi, hududdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda sanitar holat;
🍎 Shart-sharoitlar va ta’minot: Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, guruh xonalari va oshxona holati;
📚 Pedagogik salohiyat: Mashgʻulotlarning sifat darajasi va pedagog xodimlarning bilim saviyasi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, 26-sonli MTTda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va umumiy xoʻjalik ishlari yaxshi darajada tashkil etilgani aniqlandi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kichik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 2