Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi”ning faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar muammolarini aniqlash va ularni hal etish, shuningdek, hududni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.