35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida yosh sportchilarga munosib tuhfa
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamlashtirishning o‘zi emas, uning amalda ishlashi muhim
янв.21
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlanish arafasida
янв.21
To‘y va marosimlarni tartibli hamda me’yorlar asosida o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — umumiy maqsad va mas’uliyat
янв.21
Sportchi qizning yutug‘i mahallaga zamonaviy sport maydonchasini olib keldi
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
“Oqtom” mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
Inkabod mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ko‘zdan kechirildi

Inkabod mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ko‘zdan kechirildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisisi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 8-Inkabod saylov okrugida xalq deputatlari Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Sh.M.Boyqulov, tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Inkabod mahallasida Xalq deputatlari tuman kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Inkabod mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yo‘lakcha uchun asos tayyorlash, betonlashtirish ishlari, qurilish materiallarining sifati hamda belgilangan loyiha va me’yoriy talablarga rioya etilishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillariga ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mazkur loyiha yakunlangach, Inkabod mahallasi aholisining piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi, ichki infratuzilma yanada yaxshilanib, hududning obodligi va aholining turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4