35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati — doimiy e’tiborda
янв.21
“Yangishahar” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangishahar” mahallasida xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
“Bog‘aro” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bog‘aro” mahallasida mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati va mahalla "yettiligi" bilan hamkorlik o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Xitoylik investorlar Qumqo‘rg‘onda yangi ekoturizm loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 18-“Do‘rmancha” saylov okrugi deputati A.Umurzaqov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov ishtirokida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inining “Muqimiy” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘cha infratuzilmasi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Jumladan, fuqaro K.Maqsudov tomonidan “Muqimiy” ko‘chasining 300 metr qismi ta’mirtalab holga kelib qolganligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur yo‘l qismidagi mavjud holat aholi va transport vositalarining harakatlanishida qator noqulayliklar yuzaga keltirib chiqarayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 5