35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri okruglardagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Neftchilar mahallasida yana bir muhim loyiha boshlandi
янв.21
Qonun ijrosi — e’tibor markazida
янв.21
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati — doimiy e’tiborda
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik – deputatlik nazoratida
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 2-bandi “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati” yuzasidan oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
24-BAND IJROSI:Mang‘itobod mahallasida chiqindilar bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mahallada jami 9 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganish davomida 1-ko‘cha — Porloq yo‘l ko‘chasining ko‘chaboshisi O. Rajabov bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida ko‘chada maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi va ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq muammo mavjudligi bildirildi.

Slide 1 of 2