#162_qonun
#Hukumat_qarori
Hukumat qarori ijrosi savolnoma asosida o‘rganildi
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida tuman elektr tarmoqlari bo‘limi xodimlari mazkur qaror talablari bo‘yicha savolnoma asosida o‘rganildi. Savolnoma orqali xodimlarning qaror mazmuni, unda belgilangan talablar hamda yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi bo‘yicha bilim va xabardorlik darajasi aniqlandi.
Shuningdek, xodimlarning savollarga bergan javoblari tahlil qilinib, qaror talablarining amaliyotda qay darajada to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi yuzasidan tegishli xulosa va takliflar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|