“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash va tashqi reklama ob’ektlarini tartibga solish maqsadida navbatdagi reyd hamda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Shahar hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Shovkat Alimov hamda kotibiyat mudiri Sevar Qodirova markaziy ko‘chalardagi reklama bannerlari va tashqi yozuvlarni maxsus savolnoma asosida birma-bir ko‘rib chiqishdi.
Davlat tili qoidalari: Qonunning 6-moddasiga binoan reklama matnlari davlat tilida, imlo va uslubiy qoidalarga qat’iy amal qilingan holda yozilganligi;
Qonuniylik va hujjatlar: Reklama konstruktsiyalari hamda bannerlarining tegishli ruxsatnomalar asosida o‘rnatilgani;
Soliq majburiyatlari: Tashqi reklama ob’ektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov va yig‘imlarning o‘z vaqtida mahalliy byudjetga to‘lanayotgani.
⚠️ O‘rganish yakunlari va natija: Joylarda aniqlangan qonunbuzilish va kamchiliklar deputatning “Muammolarni qayd qilish jurnali”ga kiritildi. Mas’ul ijrochilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi deputat nazoratiga olindi.
💡 Tadbirkorlar va reklama beruvchilar diqqatiga! Tashqi reklama vositalari shahrimiz ko‘rkiga mos bo‘lishi hamda amaldagi qonunchilik va milliy til qoidalariga to‘liq javob berishi shart.