35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 2-bandi “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati” yuzasidan oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
To‘y va marosimlarni tartibli hamda me’yorlar asosida o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi suv ta’minoti faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 2-bandi “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati” yuzasidan oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
Ichki yo‘llar holati — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabgi manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Termiz shahar hokimligining 2026-yil 8-avgustdagi 03-03/144-sonli xati asosida shahar hokimligi bosh mutaxassisi M.Mamatov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimi O‘.Xaitov tomonidan 2026-yilda Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan:
dasturga kiritilgan ichki yo‘llarning amaldagi holati;
ta’mirlashga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hudud va ko‘chalarni to‘g‘ri belgilash;
ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish;
bajariladigan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi;
ta’mirlash jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam axborot berib borish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Aholi murojaatlari — asosiy mezon
Komissiya a’zolari ta’kidlaganidek, shaharning ayrim mahallalarida ichki yo‘llarning ta’mirtalab holatda ekani fuqarolar murojaatlarida muntazam ko‘tarilayotgan masalalardan biridir.
Shu sababli manzilli ro‘yxatni shakllantirishda, avvalo, aholining real ehtiyoji, yo‘llarning texnik holati, transport qatnovi va hududning ijtimoiy ahamiyati kabi omillarni inobatga olish zarurligi qayd etildi.
Mablag‘larning maqsadli sarflanishi — doimiy nazoratda
Yig‘ilishda dasturga kiritilgan har bir obyekt bo‘yicha bajariladigan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-ta’mirlash jarayonlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda axborot va hisobotlar taqdim etib borilishi zarurligi qayd etildi.
Muddatlarga rioya qilish muhim
Muhokamalar davomida manzilli ro‘yxatlarni belgilangan muddatlarda shakllantirish va tasdiqlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Komissiya a’zolari Vazirlar Mahkamasining 665-son qarorida belgilangan talab va muddatlarga qat’iy rioya etish zarurligini ta’kidlab, ayrim jarayonlarning kechiktirilishi kelgusida mablag‘larni o‘z vaqtida o‘zlashtirish, qurilish-montaj va ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda tashkil etishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini bildirdi.
Mas’ul tashkilotlar faoliyatiga tanqidiy baho berilib, kelgusida bunday kechikishlarning oldini olish, ishlarni tizimli tashkil etish hamda har bir bosqich bo‘yicha mas’uliyatni oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash masalasini Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilab olindi.

Slide 1 of 2