Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Qo‘qonshahargaz” GTB tomonidan gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Hisobotga ko‘ra:
Qo‘qon shahrida jami 999 kilometrdan ortiq gaz quvurlari mavjud bo‘lib, ularning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda.
Gaz tarmoqlarini optimallashtirish maqsadida:
35,8 km gaz quvurlarini yagona tarmoqqa o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, 19,8 km ishlar bajarilgan.
Foydalanilmayotgan gaz taqsimlash qurilmalarini demontaj qilish rejasiga nisbatan 465 ta qurilma demontaj qilingan.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida:
gaz quvurlarida zichlik sinovlari o‘tkazilmoqda;
gaz taqsimlash qurilmalari texnik ko‘rikdan chiqarilmoqda;
yer osti gaz quvurlarining texnik holati tekshirilmoqda;
eskirgan gaz quvurlari bosqichma-bosqich tartibga keltirilmoqda;
gaz taqsimotini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Muhokama davomida aholini uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlash, gaz tarmoqlarining ishonchliligini oshirish hamda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi