35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
SANOATCHILAR MAHALLASIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH HOLATI MANZILLI O‘RGANILDI

 SANOATCHILAR MAHALLASIDA
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH HOLATI MANZILLI O‘RGANILDI
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputati, tuman hokimi X.Umarov tomonidan Sanoatchilar mahalla fuqarolar
yig‘inida mahallani rivojlantirish yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari amalga
oshirildi.
 

Mazkur o‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, kotibiyat bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinovlar ishtirok etdi.
 

O‘rganish jarayonida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati atroflicha tahlil
qilinib, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan amalga
oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Jumladan,
hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi
bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahallaning mavjud
salohiyatidan samarali foydalanish borasidagi ishlar yuzasidan batafsil
o‘rganish olib borildi.
 

Shuningdek,
mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, ichki yo‘llar,
elektr ta’minoti, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy
xizmatlar sifati yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi va ularga
tegishli vazifalar belgilab berildi.
  

Slide 1 of 7