35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
Qonun ijrosi deputat nazoratida. Axborot-kutubxona markazi filialida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish amalga oshirildi.

Marg‘ilon shahar hokimi E.Rustamov ishtirokida Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Shahar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish deputat A.Mahkamovga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ–280-son "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borildi.

O‘rganish davomida axborot-kutubxona fondining shakllantirilishi va saqlanishi, kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifati, elektron katalog va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonunda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Qonunning 4-moddasida belgilangan foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi hamda O‘RQ–280-sonli Qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosi ustidan olib borilayotgan bunday tizimli nazorat tadbirlari qonun hujjatlarining amaliy ijrosini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda davlat siyosatining joylarda samarali amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3