35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
“Turon” mahallasida fuqarolar murojaatlari ham tahlil qilindi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengash raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradovaning saylov okrugiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘lib, deputatning murojaatlar daftariga qayd etilgan fuqarolar murojaatlarini tahlil qildilar.
🔎 O‘rganish davomida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ularning dolzarbligi, fuqarolar uchun qay darajada muhimligi hamda muammolarni hal etish uchun qaysi mas’ul tashkilotlarning vakolati mavjudligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, murojaatlarning ijrosi va ularning amaliy yechimiga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Chunki deputatning murojaatlar daftarida qayd etilgan har bir masala ortida muayyan fuqaroning muammosi, ehtiyoji va qonuniy talabi turadi.
📌 Tahlil natijalariga ko‘ra, yechimi tegishli tashkilotlar vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Termiz shahridagi mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.
Bu orqali murojaatlarni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning mazmunidan kelib chiqib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalarni qo‘yish va muammolarning amaliy yechimini ta’minlash maqsad qilindi.
📨 Deputatlik so‘rovi — fuqarolar murojaatlarining yechimini ta’minlashda muhim nazorat vositalaridan biridir. Shu bois murojaatlar asosida yuboriladigan so‘rovlarning ijrosi ham tegishli tartibda nazoratga olinishi, berilgan javoblarning mazmuni va ko‘rilgan choralar tahlil qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
👥 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonida, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va zarur hollarda tegishli tashkilotlarning amaliy yordamini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
🤝 Mahalla — muammo aniqlanadigan, deputatlik nazorati esa uning yechimiga ko‘maklashadigan muhim maydon. Shu nuqtayi nazardan, “Turon” mahallasida aniqlangan murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yetkazish, ularning ko‘rib chiqilishi va natijasi yuzasidan nazorat olib borish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
📍 Mazkur nazorat-tahlil tadbiri orqali ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganishdan boshlab, fuqarolar murojaatlarini tahlil qilish va ularning yechimi yuzasidan deputatlik so‘rovlarini yuborishgacha bo‘lgan jarayonning uzviyligi ta’minlandi.
🇺🇿 Aholi murojaati — e’tibor va amaliy yechimni talab qiladigan masala.