O‘rganishlar jarayonida fuqarolar tomonidan Yosh o‘smir mahallasining kirish qismi – “Tegirmonboshi” ko‘chasiga kuzatuv kamerasi o‘rnatish zarurligi bo‘yicha murojaat bildirildi.
Mazkur murojaat asosida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Bog‘ot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilib, masalani vakolat doirasida ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bunday murojaatlar deputatlik nazoratida bo‘lib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.