35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Qarsoqli” mahallasida elektr energiyasi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
"Neftchilar" mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
янв.21
Mahalladagi islohotlar ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallada ko‘chama-ko‘cha aylangan holda muammolarni  o'rgandi.
янв.21
Depuatat va saylovchilar uchrashuvi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Yangiyer" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida yaxna ichimliklar ulgurji savdo bazasi qurilmoqda.
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar holati o‘rganilmoqda

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar holati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tashabbusi bilan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Shu doirada Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva o‘ziga biriktirilgan “Ayollar daftari”dagi fuqarolar xonadonida bo‘lib, ularning yashash sharoiti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, Buyuk Turon MFY, Bog‘dod ko‘chasi 1-uyda yashovchi Jumaniyazova Shaxlo bilan suhbat o‘tkazildi.

Fuqaro “Ayollar daftari”ning 4-toifasiga kiritilgan bo‘lib, turmushidan ajrashgan.

Uning ikki nafar voyaga yetgan farzandi mavjud bo‘lib, farzandlari otasi qaramog‘ida yashaydi.

Uchrashuv davomida fuqaroning ehtiyojlari, mavjud muammolari va kelgusida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ko‘mak choralari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3