35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
Hamkorlik — hudud rivojining muhim omili

Hamkorlik — hudud rivojining muhim omili

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlariga samarali yechim topish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va idoralar bilan tizimli hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda deputat X.Ziyodullayev o‘ziga biriktirilgan “Mikrokreditbank” hamda “Agrobank” tuman filiallari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida aholi va tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash, bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda kredit ajratish jarayonlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida ham hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda rivojiga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdilar.

Slide 1 of 1