35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan “Navoiy suv ta’minoti” AJ Navoiy shahar bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 8-moddalari talablariga muvofiq tayyorlandi.
2026-yil 24-iyul kuni Navoiy shahri “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan o‘tkazilgan ko‘chma (sayyor) qabul davomida aholi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv tarmoqlarini rivojlantirish hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarda mahalladagi xonadonlarni oqova suv tarmoqlariga ulash, ichimlik suvi sifatini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti xizmatlarini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Mazkur masalalarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-apreldagi O‘RQ-528-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv chiqarish to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asos qilib olindi.

Deputatlik so‘rovida “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarining mavjud holatini o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda oqova suv tizimini yaxshilash yuzasidan qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, ko‘rib chiqish natijalari va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1