35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Murojaatda Yuqori Darxon ko‘chasiga chiqish qismi, Gavhar ko‘chasi 86-uy hamda Tirsakobod 2–4-uylar yonida avtomobillarning yo‘l chetida tartibsiz to‘xtab turishi oqibatida mahalla fuqarolarining asosiy yo‘lni ko‘rish imkoniyati keskin cheklanayotgani ta'kidlangan. Mazkur holat ushbu hududda yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘lishiga sabab bo‘layotgani yuzasidan aholi o‘z e'tiroz va takliflarini bildirgan.
Deputat tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan hududga joyiga chiqib, mavjud vaziyat batafsil o‘rganildi va nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 1