35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qumqo‘rg‘onda yana bir yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Kitob savdosi nuqtalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat va yoshlar maslahat guruhining uchrashuvi  bo'lib o'tdi
янв.21
MADAD” NNT bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
67-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik – deputatlik nazoratida
янв.21
YANGIYER MAHALLASIDA TADBIRKORLIK VA BANDLIK UYG‘UN RIVOJLANMOQDA
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
#munosabat

Davlat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy hamda ma'naviy zararni qoplashning aniq huquqiy mexanizmi belgilangani fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash yo'lidagi muhim qadamdir.
✔️Yangi tartibga ko'ra, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar hududiy kompensatsiya jamg'armasi hisobidan qoplanishi fuqarolarning o'z huquqlarini samarali himoya qilishiga xizmat qiladi. Kompensatsiya miqdorining sud tomonidan belgilanishi esa ushbu jarayonning xolis va adolatli bo'lishini ta'minlaydi.
✔️Shuningdek, jamg'arma tomonidan to'langan mablag'larning aybdor shaxslardan regress tartibida undirilishi mansabdor shaxslarning mas'uliyatini yanada oshiradi hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
✔️Ishonchim komilki, mazkur qonunning amaliyotga joriy etilishi davlat organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va javobgarlik tamoyillarini mustahkamlaydi, fuqarolarning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi. Xalq deputati sifatida qonun ijrosining joylarda to'liq va samarali ta'minlanishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e'tibor qarataman.