Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIGA NAZAR
янв.21
BUYUK MUTAFAKKIR SHOX VA SHOIR “BOBUR” TAVALLUDIGA
янв.21
DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARI
янв.21
DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARI
янв.21
2025 yilning 14 - yanvar kuni xalq deputatlari O‘zXDP Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi, Qumqo‘rg‘on tumanidan deputati M.Namozov hamda deputat S.Saidovlar 7-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, “14 - yanvar Vatan himoyachilar kuni” munosabati maktab jamoasini bayram bilan tabrikladi.
янв.21
YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TAYYORLASH
янв.21
Yashil” energetika — mamlakatimiz taraqqiyotida  muhim omil
янв.21
DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARI
янв.21
Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputat Zokir Xalmuxamedov tomonidan V.Haydarov MFYda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

 Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish va aholi bilan profilaktik suhbatlar
o‘tkazish maqsadida mahalla raisi, "7-yettilik" a’zolari va ichki
ishlar inspektori bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda
huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonun va tartib-intizomga rioya qilish
masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahalladagi tadbirkor va fuqaro
o‘rtasidagi kelishmovchilik masalasi ko‘rib chiqildi. Tomonlarning o‘zaro
da’volarini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar
ko‘rildi va kelishuvga erishish yo‘lida faol ish olib borilmoqda.
 

Shundan so‘ng mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda A.Navoiy ko‘chasiga
tashrif buyurdi. Tashrif davomida tadbirkorlar, mahalla aholisi va hududni
tozalash ishlarini olib borayotgan "Chirchik tezkor xizmat" BSK
xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 

"Yashil makon" loyihasi doirasida hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish
ishlarini tashkil etish, daraxtlar ekish va ularni sug‘orish uchun suv
ta’minoti tizimini yo‘lga qo‘yish, ariqlarni tozalash va ularga novlar
o‘rnatish imkoniyatlari o‘rganib chiqildi.
Ushbu masalalar bo‘yicha tegishli idoralar bilan
birgalikda amaliy ishlar olib borildi.
 

Slide 1 of 7