35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
“DEPUTATNING KO‘CHA AYLANISH DAFTARI” ASOSIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 “DEPUTATNING KO‘CHA AYLANISH DAFTARI” ASOSIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB
BORILDI
 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Toshkent mahalla fuqarolar
yig‘inida deputatning ko‘cha aylanish daftari asosida hududdagi
ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va hokim yordamchisining faoliyati manzilli
o‘rganildi.


 

O‘rganish davomida mahalladagi xonadonlar holati, aholini qiynab kelayotgan muammolar,
fuqarolarning murojaatlari hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hokim yordamchisi
tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish,
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.


 

Aniqlangan muammo
va takliflar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ularni
bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mahallada aholi farovonligini oshirish va hududni rivojlantirish bo‘yicha
ishlarni tizimli davom ettirish belgilandi.
  

Slide 1 of 4