35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
Deputatlar "Yaxshilik karvoni" loyihasi ishtirok etishdi.
янв.21
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Qarsoqli" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌍 Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi. Unda turizm sohasini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish hamda bu borada belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

📈 Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda turizm sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Natijada turoperatorlar, turagentlar va turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar soni qariyb 6 barobarga oshib, 4,4 mingga yetdi. Mamlakat bo‘ylab 6 mingga yaqin joylashtirish vositasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ulardagi o‘rinlar soni 185,6 mingni tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 5 barobarga ko‘paydi. Shuningdek, 4,5 mingga yaqin gid-ekskursovod tayyorlandi.

🔺 2025-yilda 200 ga yaqin davlatdan 11,7 million nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 1,6 million nafarga yoki 16,1 foizga oshgan. Turizm xizmatlari eksporti 4,8 milliard AQSH dollariga yetib, 142 foiz o‘sishga erishdi. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida esa 23,7 million nafar fuqaro ichki turizmga jalb etildi.

⚠️ Muhokamalar davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish, turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, servis madaniyati, malakali kadrlar tayyorlash hamda hududlarda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq muammolar ham qayd etildi.

📝 Mazkur majlisda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov, shuningdek, Toshkent shahar Kengashi deputatlari Suhrob Saifnazarov hamda Akbarxon Sobirxonov ham ishtirok etdi.

🗣 Majlisda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas’ul rahbarlarning hisobotlarini muntazam eshitish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Muhokama yakunida Senat Kengashining tegishli qarori qabul qilinib, mamlakatimizning turistik salohiyatini ustuvor xorijiy bozorlarda faol targ‘ib qilish, turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, transport va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, raqamli xizmatlarni keng joriy etish hamda sohaning iqtisodiyotdagi ulushini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10