35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI KUN TARTIBIDAN LAVHALAR:
янв.21
TUMAN KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan “Yangiyer” mahallasida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar "G‘alaba" mahallasi misolida
янв.21
Topshirqlar ijrosi amalda
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi XXI-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Deputat  Do‘stlik festivalida ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi: “Yangier” mahallasi aholisining ichimlik suvi muammosini hal etish masalasi ko‘tarildi
янв.21
Munchoqtepada obodonlashtirish ishlari tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
“Yangiyer” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi.
«MIRZO ULUG‘BEK»MAHALLASIDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI BARPO ETILISHI REJALASHTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmеtova tashabbusi bilan hamda Yunusobod tumani Kengashi raisi Ravshan Yusupov taklifiga ko‘ra, Yunusobod tumanining «Mirzo Ulug‘bek»mahallasida bolalar maydonchasi va mini futbol maydonini barpo etish masalasi yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎O‘rganishda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, maydon qurilishi rejalashtirilayotgan hudud ko‘zdan kechirildi. Loyiha uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoni, qurilishning texnik imkoniyatlari hamda amalga oshiriladigan ishlarning bosqichlari muhokama qilindi.

🤝Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha mahalla aholisining, ayniqsa bolalar va yoshlarning taklif hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Yangi bolalar va sport maydonchalari hududda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

✍️O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlarga loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda qurilish ishlarini boshlash uchun zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4