35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

41-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan rasmiy xat yuborildi

Xatda 2026-yil 27-iyul kuni oʻtkaziladigan 41-sessiya kun tartibiga kiritilgan “Bogʻot tumani mahalliy budjetining 2026-yil II choragi ijrosi yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining hisoboti toʻgʻrisida”gi masala sessiyada koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi.

Shu munosabat bilan mazkur masala yuzasidan hisobot va tegishli hujjatlarni tasdiqlangan hamda elektron shaklda 2026-yil 25-iyulga qadar Kengash kotibiyatiga taqdim etish soʻraldi.