35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda deputatlik faoliyati yuzasidan muntazam axborot berish — xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi, ko‘cha boshilari, shahar kommunal xizmatlari mutasaddilari,kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Deputat kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda shahar, xususan saylov okrugi hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar hamda saylov okrugida 2026-yilning birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlar haqida batafsil axborot berdi.

Shuningdek, deputat nazoratida fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududda olib borilgan o‘rganishlar natijasida amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ham yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan faol fikr bildirdilar. Mazkur murojaatlar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida joyida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi hamda ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Ularni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Slide 1 of 5