35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Murojaat e’tibordan chetda qolmadi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik shukuhi: istirohat bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda
янв.21
“Qarsoqli” mahallasida elektr energiyasi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni  o‘rganildi.
янв.21
“Qarsoqli” mahallasida ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni  o‘rganildi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov hamda Andijon shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Isroilova ishtirokida “Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Andijon shahar hokimligi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Unda to‘y, ma’raka va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz, milliy qadriyatlar va amaldagi tartiblar asosida o‘tkazish, oilalarda tejamkorlik madaniyatini qaror toptirish hamda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1