35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Obod mahalla – farovon hayot sari yana bir muhim qadam
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlar va kotibiyat xodimlari tomonidan "Xo‘jaqishloq" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri tomonidan deputatning okrugdagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
Deputat so‘rovi amaliy natija berdi


Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgangan edi.

📝 O‘rganishlar davomida “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Oq mangit, Vatanparvar va Mo‘ynoq ko‘chalarida tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalarga yangi quyosh yoritgichlarini (panellarini) o‘rnatish masalasi yuzasidan Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

☀️ Bugun esa deputatlik so‘rovining amaliy natijasi sifatida Mo‘ynoq ko‘chasida yangi quyosh yoritgichlarini (panellarini) o‘rnatish ishlari boshlandi.

📌 Aholi murojaati — o‘rganish, deputatlik so‘rovi — amaliy natija.

Slide 1 of 3