35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Qumqo‘rg‘onda yana bir yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda!
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
янв.21
Fuqarolar murojaati e’tiborda: Jaloir mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkirjon Shukurov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumanda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish belgilangan grafiklarga nisbatan 90 kundan ortiq muddatga kechikayotgani, ayrim mahallalarda esa tarqatish ishlari sust tashkil etilgani aniqlandi.

Xususan, Do‘rmonsoy mahallasida gaz ballonlari tarqatilishi boshlangan bo‘lsa-da, bir oydan ortiq vaqt davomida barcha xonadonlarga yetkazib berilmagani fuqarolar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Natijada ko‘plab oilalar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va xotin-qizlar kundalik ehtiyojlarini qondirishda qiyinchilikka duch kelmoqda.