O‘rganish davomida ijro intizomi, qonun ustuvorligi va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha aholi murojaatlar bilan ishlash hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan atroflicha tanishildi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari bilan savol-javob tarzida muloqot o‘tkazildi. Unda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xodimlarning huquq va majburiyatlari, ijro intizomi rioya qilinishi masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, ijro ma’murchiligini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.