📝 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, obodonlashtirish, sanitariya holati hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarining bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔍 Shuningdek, hududni yanada obod qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va mahalla mas’ullariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
🤝 O‘rganish jarayonida infratuzilmani yanada yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅ Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi tomonidan mahallalarda infratuzilma obyektlari holatini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.