🔰Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔰Yig‘ilish kun tartibida Zangiota tumanidagi shaharcha va qishloqlarning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
🔰Muhokamalar davomida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot tinglanib, deputatlar tomonidan masala atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔰Yig‘ilishda "MADAD" NNT Nurofshon shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Nuriddin Niyozov ham ishtirok etib, ma’muriy-hududiy chegaralarni belgilashning huquqiy asoslari hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.