Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotga “Deputatlik so‘rovi” yubordi.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI:
янв.21
Qarsoqli mahallasida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda
янв.21
Deputat tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-17-19-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jarayon
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 2-bandi “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati” yuzasidan oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi Raximova Kamolaxonning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, ta’limga jalb etish hamda davlat yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mahalla hududida 639 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Hozirgi kunda ular orasida 4 nafar ishsiz yosh mavjud bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda 18 nafar bitiruvchi umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lib, ularning barchasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga yo‘naltirilganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, hisobot davrida 20 nafar yosh mehnat bozoriga kirib kelgani, ularni doimiy ish bilan ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1