Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘ziga biriktirilgan tashkilotda nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida” Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
Deputat tuman FHDYO bo‘limida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Doimiy Komissiya faoliyati
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 10-bandi “Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi” yuzasidan tuman Markaziy dehqon bozorida nazorat-monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
“Madad” NTT  bilan hamkorlik va aholiga huquqiy ko‘mak:  “Istiqlol” mahallasida muhim uchrashuv.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARIGA HUQUQIY YORDAM KO‘RSATILDI:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasiga  

  

O‘zbekiston
Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish
bo‘yicha
 

TAKLIF 

  

1. Muammoning asoslanishi (Amaldagi holat tahlili) 

Amaldagi qonunchilikda faqat oliy va birinchi
nav unni temir va foliy kislotasi bilan boyitish (fortifikatsiyalash) majburiy.
Ammo aholi o‘rtasida boshqa muhim vitaminlar va yod yetishmovchiligi hali ham
yuqori darajada qolmoqda.
 

2. Moddaning matniga taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha 

Moddani kengaytirib, un bilan birga iste’mol tuzini (majburiy ravishda yod
bilan) hamda o‘simlik yog‘ini (A va D vitaminlari bilan) majburiy boyitish
talabini qonunan qat’iy belgilash.
 

3. Kutilayotgan natijalar 

Aholi o‘rtasida bo‘qoq (zob), anemiya va raxit
kasalliklari ko‘payishining oldini olishga erishiladi.