Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy Komissiya faoliyati
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 10-bandi “Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi” yuzasidan tuman Markaziy dehqon bozorida nazorat-monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
“Madad” NTT  bilan hamkorlik va aholiga huquqiy ko‘mak:  “Istiqlol” mahallasida muhim uchrashuv.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARIGA HUQUQIY YORDAM KO‘RSATILDI:
янв.21
Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar 13-bandida belgilangan vazifalarning ijrosi.
янв.21
“Madad” NTT  bilan hamkorlik va aholiga huquqiy ko‘mak:  "Bobolochin" mahallasida muhim uchrashuv.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI XODIMLARI TOMONIDAN NAZORATI TARTIBIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MUROJAATLARDAGI MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI: IJROSI NAZORATGA OLINDI.
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh

Yurtimizda azaldan qadrli bo‘lgan, hamjihatlik va birdamlik ramzi hisoblangan hashar tadbirlari bugun joylarda atrof-muhitni obodonlashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari ham tuman hayotidagi bunday xayrli tashabbuslardan chetda qolmasdan, ijtimoiy faollik ko‘rsatib kelmoqdalar.

Xususan, Kengash deputatlari Uzun tumanining "Qarashiq" mahallasida joylashgan, aholining sevimli maskanlaridan biri bo‘lgan B. Omonov nomidagi istirohat bog‘ida tashkil etilgan ommaviy xasharda g‘ayrat va shijoat bilan ishtirok etdilar.

Eski an’analarni davom ettirgan holda, deputatlar mahalla faollari va yoshlar bilan yelkadosh bo‘lib, bog‘ hududini tartibga keltirish, yashil maydonlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.