PROBATSIYA NAZORATIDAGI YOSHLAR BILAN SEKTOR MA'SULLARI UCHRASHUVI O‘TKAZILDI.
Bugun 02 oktyabr kuni Qumq'ur'gon tumani Ichki ishlar bo'limi 3-sektor raxbari M.SH.Amanturaev, tuman Kengash deputati R.Mingziyayevalar tomonidan probatsiya hisobidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tinglanib ularga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari uchrashuv davomida probatsiya guruhi nazorati ostidagi yoshlar orasidan tuzalish yo‘liga o‘tganlariga probatsiya nazoratidan muddatidan ilgari shartli ozod etilishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlab o‘tildi.