Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TUMAN KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputatlik nazorati tartibida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahallaning infratuzilmasidagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
Yoshlar ta’limiga e’tibor — kelajak sari muhim qadam

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat M.Mavlonqulov saylangan hududdagi “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi A.Mohirovning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Obod” mavzesi 15-uy, 2-xonadonda yashovchi fuqaro S.Umarova va uning onasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat jarayonida mahalla yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan S.Umarovaga amaliy yordam ko‘rsatilgani, xususan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uning Qo‘qon davlat universitetidagi to‘lov-kontrakt mablag‘i to‘lab berilgani ma’lum qilindi.

Talaba qizning onasi farzandining oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotganidan mamnun ekanligini bildirib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun davlatimizga o‘z minnatdorligini izhor etdi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularni ta’limga jalb qilish, muammolarini o‘rganish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Yakunda kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan yoshlar yetakchisining mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligi va ta’lim olishiga ko‘maklashish borasidagi tizimli faoliyati ijobiy baholandi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2