Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TUMAN KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputatlik nazorati tartibida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahallaning infratuzilmasidagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, subsidiya va imtiyozlar asosida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat hudud aholisi, xususan saylovchilar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud sharoitlar hamda joylarda uchrayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida fuqarolar tomonidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, ko‘tarilgan masalalar tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritilishi hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4