Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TUMAN KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputatlik nazorati tartibida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahallaning infratuzilmasidagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya davrini samarali tashkil etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri taqsimlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, iste’molchilar kesimida sug‘orish suv limitlarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida soha mutasaddilari tomonidan hududdagi mavjud suv resurslari, ularning bugungi kundagi holati, foydalanish darajasi hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Shuningdek, suvdan samarali foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish, suv taqsimotida adolat va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar , takliflar asosida masalani Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tóģrisida qaror qabul qilindi 

Ushbu qaror qishloq xo‘jaligi sohasida barqarorlikni ta’minlash, hosildorlikni oshirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4