Tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarov hududda hokim yordamchisi bilan birgalikda aholiga oilaviy tadbirkorlik va tomorqalarni rivojlantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida:
✅ Uzum ekish ishlari uchun yerlarni tayyorlash holati o‘rganildi, sug‘orish va ekin maydonlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.
✅ Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi, aholiga ajratilayotgan kreditlar orqali tadbirkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rsatildi.