35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Qarsoqli” mahallasida elektr energiyasi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
"Neftchilar" mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
янв.21
Mahalladagi islohotlar ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi mahallada ko‘chama-ko‘cha aylangan holda muammolarni  o'rgandi.
янв.21
Depuatat va saylovchilar uchrashuvi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan "Yangiyer" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Qumqo‘rg‘on tumanida yaxna ichimliklar ulgurji savdo bazasi qurilmoqda.
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan birgalikda hashar tashkil etdi.
Deputat tomonidan hududda xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat oʻrganildi.

Oʻrganishlarda mahallada oilaviy tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan G.Asadova faoliyati oʻrganildi. Maxalla yettiligi tomonidan fuqaroga bankdan olib berilgan kredit mablagʻlari evaziga unli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan boʻlib, tadbirkor qoʻl ostida mahallada ishsiz 6 nafar fuqarolar bandligi taʼminlangan.

Tadbirkorni bugungi kunda oylik daromadi 30 mln.soʻmga yaqinlashgan. Oʻrganishlarda tadbirkorda faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha bino zarurligi, asbob uskunlarni yangilashi kerakligi, qoʻshimcha qozon, pech, konditsioner, xolodelnik kabi texnikalarga muxtojligi aniqlandi. Mavjud muammolar deputatlik nazoratiga olindi.

 Shuningdek, hududda endigina goʻzalik saloni faoliyatini boshlagan D.Sharipova faoliyati ham oʻrganildi. Fuqaro bugungi kunga qadar ishsiz boʻlganligi, maxalla yettiligi koʻmagida tadbirkorlik faoliyatini boshlaganligini bildirdi. Mazkur oʻrganishlarda tadbirkorlik faoliyati bilan namuna koʻrsatayotgan fuqarolarni faoliyatini hududda keng ommalishtirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. 

Slide 1 of 5