Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi “Qumqo‘rg‘on kommunal servis BSK” MChJ boshqaruv kompaniyasi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri o‘z saylov okrugdagi faoliyatidan lavhalar.
янв.21
Deputatlik okrugidagi 4-sonli maktabining rekonstruksiya ta’mirlash ishlarining holatini o‘rgandi.
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar:
янв.21
Deputatlik nazorati tartibida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan media-rejasining 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

🧾 Unda mahalla ichki yo‘llari holati, tungi yoritish tizimi, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgan nuqtalarda profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Begimov tomonidan hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

️Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Inom Bababekov mahallalarda hamda markaziy yo‘l chetlariga o‘rnatilayotgan tungi yoritgich chiroqlari, ularning qamrovi va amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. So‘ngra joylarda olib borilayotgan ishlar Kengash raisiga amalda ko‘rsatildi.

Slide 1 of 10