Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputatlik nazorati tartibida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat mahallaning infratuzilmasidagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Doimiy komissiya faoliyatidan.
янв.21
Qaror va dastur ijrosi amalda.
янв.21
Deputat o‘z okrugidagi “Qumqo‘rg‘on kommunal servis BSK” MChJ boshqaruv kompaniyasi faoliyatini o‘rgandi.
Qonun ijrosi — fuqarolar manfaati kafolati

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V.Xasanov “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida shahar adliya bo‘limida bo‘ldi.

Ushbu qonun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini belgilab beradi. Ya’ni, fuqarolar o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda advokat yoki yuridik maslahat xizmatlaridan davlat tomonidan qoplanadigan tartibda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘rganish jarayonida qonunning amaliyotda qo‘llanilishi, murojaatlar soni va mazmuni, yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi, aholining xabardorlik darajasi

atroflicha muhokama qilindi.

Deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, ayniqsa, ehtiyojmand fuqarolarga huquqiy yordamni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.