Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada dasturlar ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Deputatlar tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganishdi.
янв.21
Deputatning mahalladagi faoliyatidan lavhalar.
янв.21
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi bilan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
янв.21
TUMAN KENGASHINING O‘N BESHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Ibratga boy hayot yo'li
янв.21
Deputatlar yangi loyiha faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojaralar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish hamda korrupsiyaning oldini olish masalasi kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
янв.21
Deputatlar yangi qurilgan yo‘lning sifatini ko‘zdan kechirishdi
янв.21
"SAYYOR QABUL"
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir yakunida mutasaddi tashkilotlar hamda mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berilib, qaror ijrosini ta’minlash doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3