Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holatini o‘rganishdi.
янв.21
Ibratga boy hayot yo'li
янв.21
Deputatlar yangi loyiha faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojaralar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish hamda korrupsiyaning oldini olish masalasi kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
янв.21
Deputatlar yangi qurilgan yo‘lning sifatini ko‘zdan kechirishdi
янв.21
"SAYYOR QABUL"
янв.21
Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tuman Kengashi deputati  Xaydarova Nigora Safarmaxmatovna ishtirokida Qumqoʻrgʻon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 80-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATIGA NAZAR
янв.21
BUYUK MUTAFAKKIR SHOX VA SHOIR “BOBUR” TAVALLUDIGA
янв.21
DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
Doimiy komissiyada muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi huzuridagi korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jumladan, hududda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, mavjud muammolar muhokama markazida bo‘ldi.

Mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tinglanib, har bir masala yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash, hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida sessiyaga kiritiladigan masalalar bo‘yicha tegishli qaror loyihalari tayyorlash, ijro intizomini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Doimiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar navbatdagi sessiyada deputatlar muhokamasiga havola etilishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 5