Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHI DEPUTATI S.BEKMURODOVA TOMONIDAN O‘RGANISH ISHI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Zomin tuman filiali faoliyati savolnoma asosida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yer uchastkalarini kadastr hisobiga olish, huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish tartibi hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun ijrosini ta’minlash jarayonida uchrayotgan ayrim kamchiliklar, hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari, texnik va tashkiliy masalalar bo‘yicha mavjud holat o‘rganib chiqildi.