Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori hamda vakolatli tashkilotlarning qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi va iqtisodiyot hamda moliya bo‘limining xulosalari asosida ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan, 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lmagan 3 ta oilaning xonadonini energiya tejamkor qilib ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan mablag‘larni ajratish ma’qullandi.