Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hafta davomidagi eng faol deputatlarimiz
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri hududdagi Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.G'oibnazarov tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov tomonidan Zomin tuman elektr tarmoqlari korxonasiga chiqarilgan deputat so‘rovi ijobiy xal qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.G'oibnazarovlar hududda elektr ta’minoti sifati talab darajasida emasligi yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hozirda fuqaro davolanishi (“jarrohlik amaliyoti”) uchun Jizzax kardiologiya markaziga joylashtililgan
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O‘rolov tomonidan 2026-yil 22-may kuni Zomin tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.Umarov hamda “Madad” NNTning Zomin tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Toshboyev bilan hamkorlikda Qo‘shtol MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navbahor” mahallasi 53-maktabida “Obod qalb – Obod yurt” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov, maktab direktori hamda mahalla yoshlar yetakchisi ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga samimiy tilaklar va hayotiy maslahatlarini bildirdilar.

Tadbir davomida yoshlarning ilmga chanqoqligi, yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat hissini yuksaltirish, o‘z maqsad va orzulari sari qat’iyat bilan intilish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va sog‘lom dunyoqarash har bir insonning hayotida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida esa faol, bilimga intiluvchan va ibratli o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bu esa ularning yanada yuqori marralarni zabt etishida katta rag‘bat bo‘ldi.

Slide 1 of 7