Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat bilan uchrashuv
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati Zafar Nazarov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lmoqda.
янв.21
Зангиота тумандаги вилоят депутати Шек Наталья Андревна ва туман депутатлари Мамурова Камола Машраповна ҳамда Раджапова Феруза Хожиакбаровна томонидан 2025 йилнинг 1-чорак давомида ўз фаолияти юзасидан сайловчилар олдида ахборот беришди
янв.21
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi VII/IX sessiyasi bo‘lib o‘tdmoqda
янв.21
️11-okrugi Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashi deputati Murodjon Turg‘unovning tashabbusi bilan 2025-yil 18-mart kuni Zangiota tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekildi
янв.21
Navro‘z shodiyonalari doirasida Zangiota tumani 11-okrugi deputati–Murodjon Turg‘unov tumanidagi qator xonadonlarga mehr ulashish aksiyasi o‘tkazdi
янв.21
Жорий йилни 20 март куни Зангиота тумани Эшонгузар МФЙ Шарк юлдузи 3-тор кўчасида 18-округ депутати Ф. Раджапованинг сайхаракати ва хомийлиги орқали ички кўча асфальт қилинди
UCH AVLOD UCHRASHUVI O'TKAZILDI.

UCH AVLOD UCHRASHUVI O'TKAZILDI.

"Gulbog‘" mahallasi nuroniylari, "Oqila ayollar" harakat a’zolari, buvijonlari hamkorligida shu hududdagi 2-son o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari bilan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o‘tkazildi. 

Hududda 40-50 yildan ortiq umrguzaronlik qilgan namunali, katta hayotiy tajribaga ega,baxtli 3 juft oilalar, farzandlari, nevaralari bilan tadbirda ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga katta taassurot uyg‘otdi. 

Ushbu tadbir o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yoshlarni Vatanga, oilaga, ota-onaga mehr- muhabbat uyg‘otish, kelajakda hayotda o‘z o‘rnini topishda asosiy omil bo‘ladi. 

Tadbir so‘nggida nuroniylar,buvijonlar nabiralari bilan shaxmat-shashka musoboqasida bellashdilar.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar buvijonlari yordamida tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari ya’ni turli mahalliy ashyolardan tayyorlagan gullar hamda, rang berib tayyorlagan bezakli qo‘l ishlarini namoyish qildilar. Bu hunarlar orqali oila iqtisodini rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda ham namunali targ‘ibdir.

Tadbirda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman kengashi raisi O. Saidov, tuman "Buvijonlar maktabi" rahbari D. Hasanova, mahalla "Keksalar maslahat" guruhi a’zolari A. Haqqulov, M. Qodirova, I. Ne’matovlar hamda tuman Kengashi deputati M.Karimova lar ishtirok etib, o‘zlarining hayot yo‘llarida orttirgan tajribalaridan gapirib, bugungi kun tinchligi, farovonligiga shukrona keltirib yashash, yurt ravnaqiga har bir insonning hissasi bo‘lishi kerakligini tushuntirib o‘tdilar.

Slide 1 of 5