Jańalıqlar

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2024-yil 28-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosi to‘g‘risida"gi qarori asosida tashkil etilgan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, "Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat" tamoyili asosida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, komissiya tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush farovonligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta'minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishlarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 4