Jańalıqlar

#24_ta_masala #deputat_kundaligi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati M. Aminova Charog‘bon mahallasida hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rganib chiqdi. Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar muhokama etilib, ularni bartaraf etish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Mazkur o‘rganishlar mahalla tizimidagi ishlarni yanada takomillashtirish, xotin-qizlar faolligini oshirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1